«Barsa» Xulian Alvares bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. «DSports Radio» nashrining xabar berishicha, argentinalik forvard kataloniyaliklar bilan 5 yillik bitim imzolaydi.
Avvalroq, «Barselona» Alvares uchun 100 million evro taklif qilgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Biroq «Atletiko» rahbariyati futbolchini ushbu summa evaziga qo'yib yuborishdan bosh tortdi. Madrid klubi Alvaresni transfer qilish uchun kamida 150 million evro talab qilmoqda.