«Barsa» va «Real» 2025 yilda La Ligada necha ochko to'plashdi?

"Barselona" 2025 yilni "Real"dan ko'ra muvaffaqiyatliroq o'tkazdi.
Xansi Flik jamoasi yilning birinchi yarmida Ispaniya chempionati o'yinlarida 16 bor g'alaba qozondi, ikki marta durang o'ynadi va 1 ta mag'lubiyatga uchradi. Joriy mavsumda uning hisobida 15 g'alaba, durang va 2 mag'lubiyat bor. Shu tariqa, kataloniyaliklar 2025 yilda 96 ochko to'pladi.
"Ko'k-anorranglilar" 2024/25 yilgi mavsumda La Ligada g'olib chiqdi va joriy mavsumda peshqadamlik qilmoqda.
"Real" 2025 yilda "Barselona"ga qaraganda 10 ochko, "Vilyarreal" 21 ochko, "Atletiko" 24 ochko kam to'plagan.