"Barsa" va "Milan"ning sobiq futbolchisi Saudiya Arabistonidan Evropaga qaytishi mumkin

"Barselona" va "Milan" klublarining sobiq yarimhimoyachisi Frank Kesse Saudiya Arabistonidan Evropaga qaytishi mumkin. Hozirda u "Al-Ahli" sharafini himoya qilmoqda. Ammo futbolchi top-chempionatlarga qaytishni istamoqda.
Manbalarning ta'kidlashicha, Kessega Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub Frankning Afrika Kubogidagi o'yinlarini faol kuzatib bormoqda.
29 yoshli Kessening bozor narxi 12 mln evroni tashkil etadi.