«Barsa» sport direktori Lautaroning agenti bilan uchrashdi

"Barselona" sport direktori Deku bir necha kun avval "Inter" markaziy hujumchisi Lautaro Martinesning agenti bilan uchrashuv o'tkazdi, deya xabar berdi MD.
Bu uchrashuvda nima muhokama qilingani haqida ma'lumot berilmagan.
Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" kelasi yozda Robert Levandovski o'rniga kuchli hujumchi olib kelmoqchi ekanligi aytilgandi.
28 yoshli argentinalik futbolchining "neradzurrilar" bilan 2029 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor. U hozirda Transfermarkt portalida 95 million evroga baholanmoqda.