"Barsa" sobiq futbolchisi Xavi "MYu"ni boshqarishiga ishonmoqda

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Gaiska Mendeta Xavi "Manchester Yunayted"ni boshqarishga rozi bo'lishi mumkin, deb hisoblamoqda.
"O'ylaymanki, agar bu to'g'ri loyiha bo'lsa, Xavi qiziqish bildiradi. Kim Premer-ligada murabbiylik qilishni istamaydi? "Manchester Yunayted"ga murabbiylik qilishni kim xohlamaydi, hatto hozirgi qiyin davrda ham?
Agar loyiha Xaviga ma'qul kelsa, ishonchim komilki, u rozi bo'ladi. U allaqachon tayyorgarlik ko'rgan va o'z imkoniyatini kutmoqda. Bilaman, unda bir nechta variantlar bor edi, ammo loyihalar mos kelmadi," - dedi Mendeta.
Xavi 2023/2024 yilgi mavsum yakunida "Barselona"ni tark etganidan keyin hozircha ishsiz.