«Barsa» sobiq futbolchisi murabbiy bo'lishga qaror qildi

Kataloniyaning "Barselona" klubi va Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Samuel Yumtiti futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyingi rejalari haqida gapirdi.
"Men har doim futbol murabbiyi bo'lish haqida o'ylardim. Murabbiylikka o'qimoqchiman. O'qiyman, axir professional futbolchi bo'lish boshqa, murabbiy bo'lish umuman boshqa. Umid qilamanki, bir necha yildan keyin qandaydir jamoani boshqaraman," - deya frantsuzning so'zlarini keltiradi TF1.
Eslatib o'tamiz, o'tgan oy o'rtalarida Samuel 31 yoshida professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.