"Barselona" ketma-ket ikkinchi g'alabani qo'lga kiritdi.

Xansi Flik jamoasi bugun La Liga doirasida "Ovedo"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 3:0. 21 yanvar kuni ular Chempionlar ligasida "Slaviya"ni mag'lub etgandi.

So'nggi 14 o'yinda kataloniyaliklar 13 g'alabaga erishgan. Ularga 18 yanvar kuni "Sosedad" yagona mag'lubiyatni taqdim etdi - 1:2.

28-sanada "Barselona" "Kopengagen"ga qarshi maydonga tushadi.