«Barsa» skautlari Italiyada: Kataloniyaliklar «Atalanta» futbolchisini kuzatishmoqda

«Barselona» Italiyaning «Kalyari» klubida to'p surayotgan qanot himoyachisi Marko Palestraga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda mashhur jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, bir necha kun avval «ko'k-anorranglilar» skautlik bo'limi vakillari 21 yoshli futbolchining o'yinini kuzatish uchun Italiyaga tashrif buyurishgan.
Palestra «Kalyari» safida ijara asosida harakat qilmoqda. Mavsum yakunida u «Atalanta» ixtiyoriga qaytadi. Joriy mavsumda Palestra barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yaqinda himoyachi Italiya milliy terma jamoasida ham debyut qilgan edi.