"Barselona" g'alabali seriyasini 7 ta o'yinga etkazdi.

Xansi Flik jamoasi bugun La Liganing 17-turida "Vilyarreal"ni mag'lub etdi - 2:0.

25 noyabr kuni "Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:3) kataloniyaliklar "Alaves" (3:1), "Atletiko" (3:1), "Betis" (5:3), "Ayntraxt" (2:1), "Osasuna" (2:0) va "Gvadalaxara"ni (2:0) ham mag'lub etishgandi.

3 yanvar kuni "Barselona" "Espanol"ga qarshi maydonga tushadi.