Kataloniyaning "Barselona" klubi dekabr oyida Peru mamlakatida o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin.

Fernando Polo xabariga ko'ra, hozirda klub bu borada muzokaralar olib bormoqda. Bu o'yindan 7-8 million evro moliyaviy foyda olish imkoniyati bor.

Klub prezidenti Joan Laporta bu taklifni qabul qilish niyatida ekanligini Xans-Diter Flik va jamoa sardorlariga ma'lum qilgan.