"Barsa"ning uch nafar futbolchisi Gavini ko'rgani shifoxonaga borishdi (foto)

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tizza jarohati tufayli jarrohlik amaliyotidan o'tdi. 21 yoshli futbolchi shifoxonada yotgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi. Suratda uning yonida uch nafar jamoadoshi - Lamin Yamal, Pedri va Ronald Arauxoni ko'rish mumkin. Ular Gaviga uni ruhiy qo'llab-quvvatlov berish uchun shifoxonaga borishgan.
Ilgari "Barselona" Gavining tiklanishi uchun 4 oydan 5 oygacha vaqt ketishini ma'lum qilgandi. Shu sababli, yarim himoyachini maydonda 2026 yilda ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
Payshanba kuni "Barselona" Ispaniya chempionatining 6-turi doirasida "Real Ovedo" jamoasi mehmoni bo'ladi.
