"Barselona"ning uch futbolchisi 8 yil ichida birinchi marta La Liga o'yinida dubl qayd etdi.

Yakshanba kuni "Valensiya"ga qarshi o'yinda (6:0) Fermin Lopes, Rafinya va Robert Levandovski 2 tadan gol urdi.

Oxirgi marta "blaugrana" bunday natijaga 2017 yilning aprelida erishgandi - "Osasuna"ga qarshi o'yinda (7:1) Andre Gomesh, Lionel Messi va Pako Alkaser dubl qayd etishgandi.

Primerada so'nggi marta bunday holat "Real" bilan sodir bo'lgan - 2018 yil yanvarida "Deportivo"ga qarshi o'yinda (7:1) Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu va Nacho 2 tadan gol urgan.