"Barsa"ning La Ligadagi golli seriyasi 50 ta o'yinga etdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya chempionatining navbatdagi turi doirasida «Rayo Valekano» ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi.
Urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo tomonidan kiritilgan gol «Barsa»ga Ispaniya chempionati doirasidagi golli seriyasini 50 ta o'yinga etkazish imkonini berdi. «Barsa» oxirgi marta 2024 yil 15 dekabrda «Leganes»ga qarshi bahsda gol ura olmagan edi. O'shanda jamoa sensatsion tarzda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining navbatdagi turida klub Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Hozircha kataloniyaliklar turnir jadvalida to'rt ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqdalar.