"Barselona" "Monjuik"da o'tkazilgan har bir uy uchrashuvi uchun Barselona shahar hokimiyatiga 300 mingdan 900 ming evrogacha to'lashga majbur bo'lmoqda. Bu haqda Barca Universal yozmoqda.

Klub o'zining asosiy stadioni "Kamp Nou" rekonstruktsiyasi paytida vaqtincha "Monjuik"ga ko'chib o'tdi. Ijara narxi turli omillarga, jumladan, muxlislar soniga bog'liq.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" La Liga 7-turidan o'rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi o'yin 28 sentyabr kuni "Monjuik" stadionida bo'lib o'tishini ma'lum qilgandi.