Misrning "Al-Ahli" jamoasi markaziy hujumchisi Hamza Abdelkarim faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" qisqa tanaffusdan so'ng 18 yoshli forvard bo'yicha "Al-Ahli" bilan muzokaralarni qayta tiklagan. Qayd etilishicha, bir necha hafta avval "Barselona" futbolchining o'zi bilan og'zaki kelishuvga erishgan.

Abdelkarim hisobida "Al-Ahli" asosiy jamoasi safida atigi 9 ta o'yin bor. Ushbu bahslarda hujumchi birorta golda ishtirok etmadi.

Transfermarkt mutaxassislari misrlik futbolchining bozor qiymatini 100 ming evro deb baholamoqda.