"Barsa" ketma-ket g'alabalar qayd etmoqda

"Barselona" qatorasiga to'rtinchi g'alabani qo'lga kiritdi.
Xans-Diter Flik jamoasi Ispaniya chempionatining 6-turida "Ovedo"ni mag'lub etdi (3:1) va "Real"dan 2 ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.
"Ko'k-anorranglilar" mavsumdagi etti o'yinning oltitasida umumiy 20:4 hisobida g'alaba qozondi. Shuningdek, "Rayo Valekano" bilan durang qayd etildi - 1:1.
28 sentyabr kuni "Barselona" "Real Sosedad"ni qabul qiladi.