"Barselona" barcha turnirlardagi g'alabali seriyasini 8 o'yinga etkazdi.

Bugun Xans-Diter Flik jamoasi La Liganing 18-turida "Espanol"ni mag'lub etdi - 2:0.

Kataloniyaliklar so'nggi bor 25 noyabr kuni Chempionlar ligasida "Chelsi"ga mag'lub bo'lgandi - 0:3. O'shandan beri ular barcha o'yinlarda umumiy 21:6 hisobida g'alaba qozonishdi.

7 yanvar kuni "Barselona" Ispaniya Superkubogida "Atletik"ka qarshi bahs olib boradi.