"Barselona" Vanderson de Oliveyra bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

ESPN xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Inigo Martinesning "An-Nasr"ga ketishi fonida himoyani kuchaytirmoqchi va "Monako" himoyachisi nishonlardan biri sifatida ko'rilmoqda.

Transfer "Blaugrana" o'zining nisbatan qimmatbaho futbolchilaridan birini, u Fermin Lopes bo'ladimi yoki boshqami, sotgan taqdirda mumkin bo'ladi.

Vanderson taxminan 25 mln evroga baholanmoqda. U o'tgan mavsumda Liga 1da 29 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.