«Barsa» Kasadoni sotishga tayyor. Unga ikki da'vogar bor

"Barselona"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Mark Kasado transfer oynasi yakuniga qadar jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ta'kidlashicha, Kasado Frantsiyaning "Marsel" va Angliyaning "Vest Xem" klublari short-listidan o'rin olgan. "Barselona" xavbek bo'yicha takliflarga ochiq va agar yaxshi taklif tushsa, uni sotishga tayyor.
Bu mavsumda Kasado Ispaniya La Ligasining bir o'yinida maydonga tushdi.