«Barselona» huquqlari «Al-Hilol»ga tegishli bo'lgan himoyachi Joau Kanseluni o'z tarkibida saqlab qolmoqchi. Jurnalist Ferran Martinesning xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchini sotib olish imkoniyati (optsiyasi) 15 million evroni tashkil etadi, biroq Kataloniya klubi o'yinchini tekinga qo'lga kiritishni yoki yana bir mavsumga ijaraga olishni afzal ko'rmoqda.

O'z navbatida, «Al-Hilol» kiritgan investitsiyalarining bir qismini qaytarib olmoqchi va kelishuvga Mark Kasadoni qo'shishga tayyor bo'lishi mumkin. Joau Kanselu 2024 yilda «Manchester Siti»dan «Al-Hilol»ga 25 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda himoyachi «Barselona» safida barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.