«Barsa» «Kamp Nou»ga qaytishga ruxsat oldi, ammo...

"Barselona" o'z saytida klub "Kamp Nou" stadionidan birlamchi foydalanish uchun litsenziya olgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bunday litsenziya bilan o'yinlar 25 991 tomoshabin ishtirokida o'tkazilishi mumkin.
Endi kataloniyaliklar 45 401 tomoshabinni qabul qilish uchun navbatdagi toifadagi litsenziyani qo'lga kiritish ustida ishlamoqda. Shundan keyingina "Barselona" qadrdon stadioniga qaytadi. Hozircha "ko'k-anorranglilar" o'yinlarni «Olimpiya» stadionida o'tkazishda davom etadi.
"Barselona" La Liga turnir jadvalida "Real"dan 2 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda. Shanba kuni "ko'k-anorranglilar" "Jirona"ni qabul qiladi.