"Barsa" "Kamp Nou"dagi ochiq mashg'ulot uchun barcha chiptalarni sotib bo'ldi

"Barselona" 7 noyabr kuni yangi rekonstruktsiya qilinayotgan "Kamp Nou"da muxlislar uchun ochiq mashg'ulot o'tkazadi.
MD xabariga ko'ra, mashg'ulotlar uchun chiqarilgan chiptalarning barchasi (23 mingta) to'liq sotib bo'lingan. Ularning narxi 10-20 evro atrofida bo'lgan.
"Ko'k-anorranglilar" barcha tushgan pulni Barca Foundation hisobiga o'tkazadi.