"Barsa" joriy mavsum faqat 1 marta qoqildi

"Barselona" mavsum startidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 8 o'yinga etkazdi.
Xansi Flik jamoasi kecha La Liganing 7-turida "Sosedad"ni mag'lub etdi (2:1).
Joriy mavsumda kataloniyaliklar umumiy 22:5 hisobida ettita g'alabaga erishdi, shuningdek, "Rayo Valekano" bilan bitta durang o'ynadi (1:1).
1 oktyabr kuni "Barselona" "PSJ"ni qabul qiladi.