"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ"ga qarshi o'yinda uchrashuvni oxirigacha davom ettira olmadi.

Ispaniyalik futbolchi 86-daqiqada jarohat olganlikda gumon qilinib, zaxiraga olindi. Oradan 4 daqiqa o'tib parijliklar g'alaba to'pini kiritishdi (2:1).

"Jarohat tufayli almashtirildimmi? Yo'q, yo'q, shunchaki biroz charchadim va tizza osti payida zo'riqishni his qildim," - deya Garsiyaning javobini keltiradi Barca Universal.

Yakshanba kuni "ko'k-anorranglilar" La Liga 8-turi doirasida safarda "Sevilya"ga qarshi bahs olib boradi.