"Chelsi" o'z tarkibini kuchaytirish ustida ishlamoqda.

Daily Brifing xabariga ko'ra, London klubi "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoga qiziqish bildirmoqda.

“Aristokratlar” bu futbolchining transferini “aqlli sarmoya” deb hisoblashmoqda. "Barselona" Kasadoni 30-35 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor bo'lishi mumkin.

"Chelsi" kelayotgan qishda futbolchi uchun bu miqdorni taklif qiladi, deb aytishga asos bor. Markning transferi "Barsa"ga moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam berishi mumkin.