"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tizzasidagi jarohati sabab yana 4-5 oyni maydondan tashqarida o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

SER nashri manbasi xabariga ko'ra, Gavi og'ir jarohatidan keyin ruhiy jihatdan butunlay tushkunlikka tushib qolgan.

U bunday zarbani kutmagan va o'zi uchun juda og'ir qabul qilgan.

Bu jarohat nafaqat sportdagi faoliyatiga, balki psixologik holatiga ham ta'sir qilmoqda. Shu bois klub va atrofidagilar unga ruhiy qo'llab-quvvatlash berishmoqda.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda 2 ta o'yinda 1 ta golli uzatma berdi.