"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Mark Bernal Mundo Deportivo nashri bilan suhbatda qaysi futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istashini aytdi.

— Qaysi futbolchini "Barselona"da ko'rishni istardingiz?

— Xulian Alvares. U ajoyib hujumchi", - dedi 18 yoshli futbolchi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli Alvares "Atletiko" hujumchisi. Uning 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor. Transfermarkt uni 100 million evroga baholamoqda.