"Barsa" futbolchilarining "ajali" de la Fuente Olmoning holati haqida ma'lumot berdi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente mashg'ulotlar vaqtida jarohat olgan Dani Olmo haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Dani butun hafta davomida mashg'ulotlarda ishtirok etdi, lekin u biroz charchoq va noqulaylikni sezayotganini aytdi. Bugun mashg'ulotda 15 daqiqa harakat qildi xolos, keyin o'zini noqulay sezgani uchun to'xtadi.
U tibbiy tekshiruvlarga yo'naltirildi, qolgan ma'lumotlarni tibbiy shtab taqdim etadi. Boshqa futbolchilar esa a'lo holatda", - dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "qizil furiya"ning avvalgi yig'inida Lamin Yamal belidan jarohat olgan edi. 2024 yilda Gavi ham aynan terma jamoada xochsimon bog'lamini yirtib olgandi.