"Barselona" Xansi Flik qo'l ostida ikkinchi marta ketma-ket ikki marta mag'lub bo'ldi.

Kataloniyaliklar La Liganing 8-turida safarda "Sevilya"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:4).

Avvalroq Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida "PSJ"ga mag'lub bo'lgandi (1:2).

Bungacha germaniyalik murabbiy qo'l ostida "Barselona" ketma-ket ikki marta faqat bir marta mag'lub bo'lgan - o'tgan yilning dekabrida "Leganes" (0:1) va "Atletiko"ga (1:2) yutqazgandi.

Flik 2024 yilning yozidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.