"Barselona" Fermin Lopes uchun 90 mln evro olmoqchi.

Avvalroq, "Chelsi" yarim himoyachi uchun 65 mln evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Barselona" 22 yoshli ispaniyalik futbolchini sotmoqchi emas, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo. Kataloniyaliklar Fermin uchun 90 mln evro narx belgilagan - shu tariqa "Barsa" futbolchi sotilmasligini ko'rsatmoqchi.