"Barselona" yarim himoyachi Dro Fernandesni hozircha Frantsiyaning "PSJ" klubiga qo'yib yuborgani yo'q.

Sport.es ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 18 yoshli futbolchini sotishdan 10 million evro ishlab olishni istamoqda. OAVda yozilganidek, 6 million evro kataloniyaliklarni qoniqtirmaydi. Shuningdek, klub futbolchini faqat to'liq transfer orqali qo'yib yuborish niyatida — shartnoma yakunida "Barselona" uni bepul yo'qotishni xohlamayapti.

Joriy mavsumda yarim himoyachi "Barselona" safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt mutaxassislari Fernandesning bozor qiymatini 10 million evro deb baholamoqda.