"Barselona" asosiy darvozabonidan ayrildi.

Kataloniyaliklar posboni Joan Garsiya mashg'ulotlarda chap tizzasining ichki tog'ayida yirtilish jarohatini oldi. U ertaga operatsiya qilinadi.

Garsiyaning tiklanish muddati 4-6 hafta etib belgilandi.

Joan Garsiya joriy mavsumda jami 7 ta o'yinda 5 ta gol o'tkazib yubordi. U 3 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.