Lamin Yamal La Ligada navbatdagi golga assistentlik qildi.

"Barselona" La Liga 2-turi doirasida "Levante" mehmoni bo'ldi (3:2).

Kataloniyaliklar ikkinchi bo'lim boshida 3 daqiqa ichida 2 ta gol urib, hisobni tenglashtirdi. 49-golni Pedri Lamin Yamalning uzatmasidan keyin, 52-daqiqala Ferran Torres Rafinyaning pasidan keyin gol kiritdi. "Ko'k-anorranglilar"ning 3-goli raqib futbolchisi hisobiga yozildi.

Yamal chempionatning dastlabki ikki o'yinida 3 (1+2) ta, Rafinya - 2 (1+1), Ferran - 2 ta samarali harakat (gol) amalga oshirdi.

Manba: www.stadion.uz.