"Barselona" vingeri Rafinya jarohatidan forig' bo'lish arafasida turibdi.

28 yoshli braziliyalik qanot hujumchisi son sohasidagi jarohatini deyarli davoladi. U 9 noyabrga belgilangan "Selta"ga qarshi safar o'yini uchun "ko'k-anorranglilar" qaydnomasiga kiritilishi mumkin, deya xabar berdi MD.

Rafinya joriy mavsumda jami 7 ta o'yinda 3 ta gol urib, 2 ta assist amalga oshirdi.