"Barsa"da o'zini ko'rsata olmagan hujumchi uchun APL grandlari kurashadi

Kataloniyaning "Barselona" klubida o'z o'rnini topa olmagan braziliyalik hujumchi Vitor Roke faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Transfers xabar berdi.
"Palmeyras"ning 20 yoshli hujumchisini "Manchester Yunayted" va Londonning "Chelsi" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu kurashda poytaxt klubi favorit hisoblanadi.
Rokening transfer narxi Transfermarkt tahlilchilari tomonidan 35 million evroga baholanmoqda. Uning "Palmeyras" bilan mehnat shartnomasi 2029 yil oxirida tugaydi.
Braziliya - 2025 chempionatida hujumchi 33 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.