"Barselona" La Liganing har bir o'yini uchun 6 mln evrogacha olish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

Dekabr oyida "ko'k-anorranglilar" AQShda "Vilyarreal" bilan o'ynashi rejalashtirilgan edi, ammo La Liga promouteri bilan muzokaralardan so'ng tanqidlar fonida o'yinni bekor qilishga majbur bo'ldi.

AS nashrining yozishicha, kataloniyaliklarga Floridada o'ynash besh-olti million evro atrofida foyda keltirar edi.

"Barselona" prezidenti Joan Lapora Ispaniyadagi o'yinda "Vilyarreal"ning uy stadioni "Estadio de la Ceramica"da uning jamoasi hech narsa ishlab ololmasligini aytgandi.