"PSJ" hujumchisi Bredli Barkola parijliklarning Liga 1 19-turidan o'rin olgan "Oser"ga qarshi o'yindagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.

Luis Enrike jamoasi safarda 1:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, Barkola yagona gol muallifiga aylandi.

"Bugun g'alaba qozonish muhim edi. Agar g'alaba qozona olmasak, keyinchalik qiyin bo'lishini bilardik," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi parijliklar matbuot xizmati.

U raqibiga munosib baho berdi va urilgan gol unga ishonch bag'ishlashini ta'kidladi. Bu gol forvard uchun 2025/2026 yilgi mavsumdagi ettinchi gol bo'ldi.