Frantsiya terma jamoasi vingeri Bredli Barkolya jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Paragvayga qarshi kechgan o'yin (1:0) haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

O'zbekistonlik bosh hakam Ilgiz Tantashev Janubiy Amerika terma jamoasi tomonidan 13 ta folni qayd etdi, biroq paragvayliklarga birorta ham kartochka ko'rsatmadi.

Barkolya 19-daqiqada himoyachi Xuan Kaseresning oyog'iga zarba bergani uchun sariq kartochka oldi.

«Men hech qachon bunga o'xshash narsani ko'rmagandim — bunchalik ko'p iflos uslublar va orqadan turtishlar. Juda og'ir bo'ldi», — dedi Barkolya.

Jahon chempionatining chorak finalida Frantsiya 9 iyulya kuni Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz