Barkola «PSJ»ni tark etib, APLga yo'l olishi mumkin

«PSJ» hujumchisi Bredli Barkola faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. «Fichajes» nashri xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda.
Yozgi transferlar vaqtida «kanonirlar» 23 yoshli futbolchi uchun taxminan 80 million evro to'lashga tayyor. Bredli Barkola 2023 yilda «Lion»dan «PSJ»ga 45 million evro evaziga o'tgan edi. Uning parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda «PSJ» safida 49 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. «Transfermarkt» portali Barkolani 70 million evroga baholamoqda.