Barkola: «Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqsam, gol urishimni bilardim»

Frantsiya terma jamoasi vingeri Bredli Barkola Senegalga qarshi jahon chempionati uchrashuvida gol urganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. O'yin 3:1 hisobida yakunlandi.
«Murabbiy bizga zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilarning ahamiyati haqida ko'p gapirgandi. Bizda ko'plab bo'sh hududlar yuzaga kelishini bilardik. Zaxira o'rindig'ida o'tirganimizda golli vaziyatlarni muhokama qilgandik. Agar menda darvozabon bilan birga-bir vaziyat yuzaga kelsa, gol urishimni bilardim», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi M6.
«Mbappe? Biz u uchun juda xursandmiz. U bizning sardorimiz, nima qilishi kerakligini yaxshi biladi. Bizni juda qattiq qo'llab-quvvatlaydi. Uning dubl qayd etgani bizni ham ko'proq gol urishga ruhlantirishi tabiiy. Bu ham u uchun, ham jamoa uchun juda yaxshi», — deya ta'kidladi Barkola.
23 iyun kuni frantsuzlar guruh bosqichi doirasida Iroq bilan o'ynashadi, yana 3 kundan keyin esa Norvegiyaga qarshi maydonga tushishadi.