Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Nikolo Barella «Kalyari» ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng intervyu berdi.

29 yoshli futbolchi uchrashuvning 56-daqiqasida o'z sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

«Bugungi golimni futbol olamida men uchratgan eng yaxshi insonlardan biri — Rino Gattuzoga bag'ishladim. U JCh-2026 yo'llanmasi uchun kurashda bunday hafsalasi pir bo'ladigan yakunga loyiq emasdi, xuddi barchamiz kabi. Qiyin damlarda bo'lsa-da, yo'llarimiz kesishganidan xursandman», — dedi Barella DAZN muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasi jahon chempionati saralashining pley-off finalida Bosniya va Gertsegovinaga mag'lub bo'lgach, bosh murabbiylik lavozimini tark etgan edi.