"L'Équipe" gazetasi xabariga ko'ra, Zinedin Zidan Dide Desham o'rniga Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga tayyorlanmoqda. Afsona muntazam ravishda Liga 1 o'yinlarini, evrokuboklarni va milliy jamoa o'yinlarini kuzatib boradi. U o'yinlar bo'yicha kerakli qaydlarni yozib boryapti va "ko'klar" (terma jamoa) ning rivojlanishi uchun bir nechta g'oyalarni tayyorlab qo'ygan.

Zizu haqidagi gap-so'zlar anchadan beri yuradi. Endi bu haqda "ko'klar"ning yoshlar jamoasida ishlagan Terri Anri deyarli ochiq gapirdi. Zidan Frantsiyaning bosh murabbiyi lavozimini maqsad qilganmi, degan savolga "Arsenal" afsonasi shunday javob berdi:

“Nima deyishni ham bilmayman. Axir, biz hammamiz terma jamoaning yangi murabbiyi kim bo'lishini bilamiz. Siz ham bilasiz, men ham bilaman. Va unga eng yaxshi tilaklarni tilayman”.

Frantsiya matbuoti darhol Anri Zidan haqida gapirgan deb tahmin qildi. Kilian Mbappe, "ko'klar" sardori, "L'Équipe"ga katta intervyu berdi. U ham Zizu haqida gapirdi:

"Zidan Frantsiya terma jamoasining keyingi murabbiyi sifatida? Hech kim "yo'q" demaydi. Faqat uning o'zi "yo'q" deyishi mumkin. Agar keyingi murabbiy u bo'lsa, ajoyib! Agar bu lavozimni boshqa birov egallasa ham, ajoyib.

Zidan - Frantsiya futboli tarixida deyarli barcha huquqlarga ega bo'lgan yagona inson. Uning tarixi yagona misol. Faqat uning buyukligiga qoyil qolish mumkin. Lekin hozirgi barcha frantsuz sportchilari jamoatchilik fikri tomonidan deyarli yo'q qilingan. Bu shunday haqiqatki, u bilan kelishish kerak".

Kelgusi mundial rasman Deshamning Frantsiya terma jamoasi boshqaruvidagi so'nggi turniri bo'ladi. U jamoani 2012 yilda qabul qilib olgan va 2018 yilgi Jahon chempionatida jamoani chempion qildi.