Belgiya qirollik futbol assotsiatsiyasi AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi qoldirilgani yuzasidan Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilishi mumkin.

Balogun JCh-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda (2:0) Tarik Muharemovichning to'pig'ini bosib yuborgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan edi. Keyinchalik, futbolchining bir o'yinlik diskvalifikatsiyasi bir yillik sinov muddati bilan to'xtatib turildi. Buning natijasida hujumchi 1/8 finalda Belgiyaga qarshi maydonga tusha oladigan bo'ldi.

Xabar qilinishicha, AQSh Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoga ikki marta — Balogun maydondan chetlatilganidan so'ng va diskvalifikatsiya to'xtatib turilganidan keyin qo'ng'iroq qilgan.

Belgiya qirollik futbol assotsiatsiyasi FIFAning ushbu qaroridan «shoka tushganini» va «keyingi harakatlar uchun barcha mumkin bo'lgan variantlarni» o'rganayotganini ma'lum qildi.

«The Telegraph» nashrining yozishicha, Belgiya sudga da'vo arizasi kiritish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda va ish jarayonini Sport arbitraj sudiga (CAS) oshirishi mumkin.

Manba: Stadion.uz