Fode Ballo-Ture "Mets" safida o'ynaydi.

Frantsiya klubi erkin agent bo'lgan "Gavr"ning sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Shartnoma bir yilga mo'ljallangan bo'lib, qo'shimcha muddatga uzaytirilish imkoniyati mavjud.

Ballo-Ture o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Gavr"da o'tkazdi va Liga 1ning 10ta o'yinida qatnashdi.