Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Mixael Ballak Evropa Chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga (1:3) qarshi o'yinda Manuel Noyerning qo'pol xatosiga izoh berdi.

"Bunga hojat yo'q edi. Manuel noto'g'ri qaror qabul qildi. Agar u to'p uchun ketayotgan bo'lsa, uni olishi kerak, buni o'zi ham biladi. U tavakkal qilishga qaror qildi va buning uchun tovon to'ladi", - deya Ballakning so'zlarini keltiradi Goal.

Chempionlar ligasining navbatdagi turida "Bavariya" Lissabonning "Sporting" klubiga qarshi bahs olib boradi.