Ballak EChL favoritlarini taxmin qildi

Germaniyalik sobiq futbolchi Mixael Ballak Chempionlar ligasining asosiy favoritini aytdi.
“Albatta, “Barselona”. Ularda kuchli jamoa bor, ayniqsa, Lamin Yamal. U o'zgarish qila oladigan ajoyib o'yinchi.
Shuningdek, ularga mos keladigan Hansi Flik murabbiylik qiladi. Asosiy favoritlar qatorida turnirning amaldagi chempioni “PSJ” ham bor. Luis Enrike qo'l ostida jamoa yuqori darajaga chiqdi”, - deya Ballakning so'zlaridan keltiradi Bild nashri.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Chempionlar ligasining finalida “PSJ” klubi “Inter”ni 5:0 hisobida mag'lub etib, g'oliblikni qo'lga kiritgandi.
Manba: championat.com