Germaniyalik sobiq futbolchi Mixael Ballak Evropa chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsum favoritlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- Albatta, "Barselona." Jamoa kuchli, ayniqsa, Lamin Yamal bilan. Ularda voqealar rivojini o'zgartira oladigan ajoyib o'yinchi bor va Xansi Flik juda mos murabbiy.

Albatta, asosiy favoritlar qatorida amaldagi chempion "Pari Sen-Jermen"ni ham tilga olish kerak. Murabbiy Luis Enrike qo'l ostida jamoa topga aylandi," - dedi "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi.

Ballak, shuningdek, "Chelsi"da turnirning ushbu mavsumida syurpriz taqdim etish imkoniyati borligini ta'kidladi.