"Inter" va "Latsio"ning sobiq futbolchisi Keyta Balde hozirda B Seriyaning "Montsa" klubida o'ynaydi.

U o'tgan mavsumda o'zi bilan birga ishlagan Alessandro Nestani juda qadrlaydi.

"O'tgan mavsumda menda Nesta kabi super murabbiy bor edi. Men unga doim ishonganman. U Paolo Maldini bilan birga ajoyib futbolchi bo'lgan.

Ham "Latsio", ham "Milan"da ajoyib taassurot qoldirishgan", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.