"Barselona" futbolchisi Alexandro Balde jamoadoshi Rafinya Dias haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Shanba kuni braziliyalik futbolchi Kataloniya grandiga La Liga doirasida "Osasuna"ga qarshi o'yinda (2:0) dubl qayd etib, g'alaba keltirdi.

"Rafinya bilan o'ynash katta quvonch, ayniqsa, yosh futbolchilar uchun, chunki u har doim maslahatlar beradi. U jarohatidan so'ng ajoyib formada safga qaytdi, men uning uchun xursandman", - dedi Balde intervyuda.

16 dekabr kuni "Barselona" Ispaniya kubogi doirasida "Deportivo Gvadalaxara"ga qarshi bahs olib boradi. 

Rafinya joriy mavsumda 13 o'yinda 6ta gol va 3ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.