Balde «Barselona»dan ketadimi?

«Barselona» himoyachisi Alexandro Balde ushbu yozda Kataloniya klubini tark etish ehtimolini butunlay rad etdi.
22 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda Xansi Flik jamoasida muntazam maydonga tushib, barcha turnirlarda 42 ta o'yinda qatnashdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Avvalroq «Barselona» Baldeni shu yozda sotishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Sport nashriga bergan intervyusida Balde «Kamp Nou»ni tark etish niyati yo'qligini tasdiqladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
«Men hech qaerga ketmayman. «Barsa» — mening uyim. Men 16 yildan beri ushbu klubdaman, butun hayotim shu erda o'tgan. Men shu erda muvaffaqiyatga erishishni istayman, barcha xayolim shu klubda», — dedi Balde.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar